Rossiyaning “Motor” nashri yangi avlod Infiniti QX50 konseptining ilk suratlarini e’lon qildi. Konsept-kar taqdimoti 2017-yil boshida Detroyt avtosalonida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, avtomobil 2018-yildan seriyalab ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Suratlarga ko‘ra, konsept ko‘p jihatdan bahorda Pekin avtosalonida namoyish etilgan Infiniti QX Sport Inspiration’ning prototipiga o‘xshaydi.
Sezilarli farqlardan faqat orqa tomonning boshqacha bezatilganini ko‘rsatish mumkin — QX50 ning orqa chiroqlari ostida ko‘rgazmaviy “jabralar” bor.
Shu bilan birga, konseptlar bamperlari va optikasining konfiguratsiyasida ham biroz farqlanadi. QX50 konsepti haqida hozircha boshqa batafsil axborot yo‘q.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)