Braziliyaning Manaus shahri qamoqxonasida uyushtirilgan mahbuslar isyoni chog‘ida 50 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Shtat xavfsizlik xizmati vakilining bildirishicha, mahbuslarning raqobatchi guruhlari o‘rtasida kelib chiqqan mushtlashuv sekin-asta keng miqyosli isyonga aylanib ketgan.
Qurbonlar soni oshishi mumkinligi bildirilmoqda. Shtat hokimiyati vakillari yetkazilgan zarar hajmini aniqlashtirmoqda.
Izoh (0)