IShID Istanbuldagi tungi klubda uyushtirilgan terakt uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Reina tungi klubiga hujum Yangi yil kechasida yuz berdi. Terrorchi klubni qo‘riqlayotgan politsiyachini avtomatdan otib tashladi va 700 dan ortiq kishi bo‘lgan binoga kirib, to‘planganlarga qarata o‘q uzdi.
Turkiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, terakt tufayli 39 kishi, jumladan, 16 nafar xorijlik halok bo‘ldi, 69 kishi jarohatlandi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga Istanbuldagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)