Hindiston bir tonnagacha og‘irlikka ega yadro kallagini 4 ming kilometrga eltishga qodir Agni-4 strategik raketasining muvaffaqiyatli sinovini o‘tkazdi. Bu haqda mamlakat mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti (DRDO) ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Tashkilotga ko‘ra, parvoz quyuq tuman tufayli biroz kechiktirildi, shundan so‘ng Bengal ko‘rfazida, Odishya shtati sohili yaqinidagi Abdulla Qalam nomli poligondan 2-yanvar, dushanba, mahalliy vaqt bilan 11:30 da belgilangan tartibda uchirildi.
Ma’lumot uchun, o‘rta masofaga uchuvchi, “yer-yer” turkumidagi Agni-4 raketasining uzunligi 20 metr, og‘irligi 17 tonnaga boradi. Bu oltinchi bor o‘tkazilgan sinov bo‘lib, ulardan faqat biri muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)