“Barselona” himoyachisi Jerar Pike to‘ng‘ich o‘g‘li – 3 yashar Milanga o‘zi to‘p suradigan klubga bo‘lgan muhabbatni yoshligidan singdirishga urinmoqda, deb yozadi “iSport.ua”.
Ispaniyalik futbolchi o‘g‘li Milan bilan “Barselona” sha’ni ulug‘langan “1899-yili sevimli klubim paydo bo‘ldi” (original nomi – 1899, Neix el club que porto al cor) nomli qo‘shiqni kuyladi. Pike o‘g‘li bilan kuylagani aks etgan videoni Instagram’dagi sahifasiga yukladi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Jerar Pike va 39 yoshli Shakira (to‘liq ismi Shakira Izabel Mebarak Ripoll) 2010-yilda tanishgan. Ular bir kunda – 2 fevral kuni, ammo 10 yil farq bilan tavallud topgan. Juftlikning Milan Mebarak Pike va Sasha Mebarak Pike ismli ikki o‘g‘li bor.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)