Shu kunlarda Samarqandda shahar markazidagi shoh ko‘chalar bo‘ylab katta teplovozning harakatlanib yurishi odatiy holga aylangan — ko‘hna kentda tramvay yo‘li qurilishi davom etmoqda.
Toshkentdan Samarqandga olib ketilgan tramvaylar, reja bo‘yicha, 2017-yilgi Navro‘z bayramidan boshlab samarqandliklarga xizmat ko‘rsatishni boshlashi lozim.
Avvalroq Samarqanddagi tramvay yo‘li qurilishi aks etgan video e’lon qilingan edi. Hozirgi suratlarda aks etgan teplovoz aynan videodagi rels yotqizuvchi maxsus qurilish texnikasini olib yuradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)