Toshkentning Hasanboy dahasida Isuzu yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Hodisa oqibatlari aks etgan video Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida e’lon qilingan.
Xabar berishlaricha, hodisa 23-dekabr, juma kuni yuz bergan. Guvohlarning qayd etishicha, sirpanchiq yo‘lda boshqaruvni yo‘qotgan avtobus xonadon devoriga borib qattiq urilgan. To‘qnashuv natijasida avtobusning old tomoni jiddiy zarar ko‘rgan.
Qayd etishlaricha, “hamma tirik, lekin jarohatlanganlar bor”. Qo‘shimcha qilishlaricha, avariyaga uchragan avtobus 3-avtobus saroyiga tegishli va 42-yo‘nalish bo‘yicha harakatlangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)