BMW xavfsizlik yostiqchasidagi nuqsonlar tufayli Xitoydan 193 mingdan ortiq avtomobilni qaytarib oladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Kelgusi yil 1-avgustidan 2005—2011-yillarda ishlab chiqarilgan va Xitoyga import qilingan 168,9 ming mashina, shuningdek, ushbu yillarda Xitoyda ishlab chiqarilgan 24,75 ming sedan qaytarib olinadi.
Deutsche Welle aniqlik kiritishicha, mazkur avtomobillarda gaz generatoriga shikast yetgan taqdirda frontal xavfsizlik yostiqchalari ishlab ketishi va haydovchi hamda yo‘lovchiga zarar yetkazishi mumkin.
Nuqsonni bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar BMW hisobidan amalga oshiriladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)