Yangi Zelandiyaning Gizborn shahri yaqinida Rojdestvo bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan konsertga musiqachilarni olib ketayotgan avtobus ishtirokida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi, 27 kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Daily Mail ma’lumotlariga ko‘ra, 45 kishi bo‘lgan avtobus tik qiyalikdan tushib ketgan. Kasalxonaga yotqizilganlar yoshi 16 dan 65 gacha ekanligi, ulardan biri og‘ir holatdaligi bildirilmoqda.
Izoh (0)