Turkiya hukumati so‘nggi yarim yil ichida 1,6 mingdan ortiq kishini ijtimoiy tarmoqlar orqali terrorizmni qo‘llab-quvvatlash yoki mamlakat rahbariyatini haqorat qilish ayblovlari bo‘yicha hibsga oldi, deya xabar bermoqda “TASS” respublika ichki ishlar vazirligiga tayanib.
“So‘nggi olti oy ichida 3710 kishi ijtimoiy matbuot orqali nafrat urug‘ini sochganlik, mamlakat rahbariyatini haqorat qilganlik, mamlakat hududiy yaxlitligi tamoyillarini ta’na-malomatlar ostida qoldirganlik, terrorizmni targ‘ib qilganlik, o‘zlarining terrorchilik guruhlariga aloqadorligini da’vo qilganliklari uchun, ularning ishi sud tartibida ko‘rib chiqildi”, — deyiladi IIV bayonotida.
Oxir-oqibat, 1656 kishi hibsga olindi, 1,2 ming kishi doimiy ravishda politsiya kuzatuvida bo‘lish sharti bilan sud nazorati ostida qo‘yib yuborildi.
“Yana 10 ming kishiga nisbatan tergov yoki sud jarayonlari davom etmoqda. Hukumat, boshqa sohalarda bo‘lgani kabi, ijtimoiy tarmoqlarda ham terrorizmga qarshi qat’iy kurash olib borishda davom etmoqda”, — deya ta’kidladi vazirlik.
Izoh (0)