Filippinda Rojdestvo munosabati bilan diniy ibodat chog‘ida xristianlar cherkoviga uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 13 kishi yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa mamlakat janubidagi Midseyap shahrida 24-dekabr, shanba kuni kechki payt, bayramga sanoqli soatlar qolganida sodir bo‘ldi.
Noma’lum kimsa ibodatxona yaqinida bo‘lgan politsiya avtomobiliga granata uloqtirdi. 12 nafar dindor va bir politsiyachi jarohat oldi.
Ma’lumot uchun, Filippin aholisining 80 foizdan oshig‘i katolik hisoblanadi.
Izoh (0)