Argentinaning “Boka Xuniors” klubi hujumchisi Karlos Teves Xitoyga jo‘nab ketishi oldidan uylandi, deb xabar bermoqda “Olamsport”. To‘yga 260 nafar mehmon taklif etildi, marosimning o‘zi esa 4 kun davom etdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, argentinalik futbolchi uning qonuniy rafiqasiga aylangan Vanessa Mansilya bilan tanishganiga 19 yil bo‘lgan. Karlos Vanessa 13 yoshligida u bilan ilk bor uchrashgan.
O‘shandan buyon juftlik birga yashab kelmoqda. Teves va Mansilyaning uch nafar farzandi bor: qizlar Florensiya (9 yosh) va Keti (6 yosh) hamda o‘g‘il Lito (2 yosh).
Eslatib o‘tamiz, Xitoy Superligasi ishtirokchisi “Shanxay Shenxua” klubi o‘z safiga argentinalik Karlos Tevesni qo‘shib oldi. 32 yoshli hujumchi yangi klubida haftasiga 763,5 ming dollar yoki daqiqasida 75 dollar maosh oladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)