“Kasperskiy laboratoriyasi” mobil bank “troyan”ining yangi modifikatsiyasi Faketoken’ni aniqladi, u o‘yinlar va dasturlar, shu jumladan Adobe Flash Player niqobi ostida Android uchun mo‘ljallangan 2000 dan ortiq moliyaviy dasturlardan ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi, deb yozadi “TASS”.
Kompaniya press-relizida aytilishicha, 27 mamlakatdan 16 mingdan ortiq kishi, asosan, Rossiya, Ukraina, Germaniya va Tailand foydalanuvchilari yangi virus qurbonlariga aylandi.
Shu bilan birga, “Kasperskiy laboratoriyasi” ekspertlari ta’kidlashicha, bank “troyan”i axborotni shifrlay olmaydi. Bunday mobil viruslarning ko‘pchiligi qurilmadagi ma’lumotlarni emas, uning o‘zini bloklab qo‘yadi, chunki ma’lumotlar bulutli servisda saqlanishi mumkin. Biroq Faketoken aynan ma’lumotlarni — ham hujjatlarni, ham mediafayllarni shifrlaydi.
Qurilma “troyan” bilan zararlansa, u administrator huquqini so‘rab, boshqa dasturlar oynalarini yopish yoki SMS bilan ishlash uchun belgilangan dasturga aylanish huquqini so‘raydi. Rad javobi berilsa, dialog oynasi doimiy ravishda qayta yuklanaveradi, natijada foydalanuvchi shunchaki rozi bo‘lishga majbur qoladi.
Izoh (0)