Twitter push-bildirishnomalar yordamida dasturning mobil versiyasi foydalanuvchilarini dunyodagi shov-shuvli hodisalar haqida ogohlantiruvchi yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Mashable Twitter kompaniyasi vakiliga tayanib xabar berdi, deb yozadi TJournal.
Funksiyani sinovdan o‘tkazish bir necha oydan buyon davom etmoqda, ammo foydalanuvchilar uni Berlindagi hodisalar va Donald Trampning AQSh prezidenti sifatida rasman e’tirof etilishidan keyingina payqadi.
Twitter sending breaking news push alerts a new thing? pic.twitter.com/dOCTtT8Lmh
— Oliver Darcy (@oliverdarcy) December 19, 2016
Taxmin qilinishicha, bildirishnoma akkaunt egasi obuna bo‘lgan nashrlarga bog‘liq. Masalan, kimgadir Berlindagi Rojdestvo yarmarkasida olomon ustiga bostirib borgan yuk mashinasi haqida xabar jo‘natilayotgan bo‘lsa, yana kimlargadir Trampning prezidentlik poygasida to‘liq g‘alaba qozonish uchun saylov vakillarining zarur ovozlarini to‘plagani haqidagi bildirishnomalar bormoqda.
Izoh (0)