NASA o‘z saytida Somon yo‘lining turli koinot observatoriyalari tomonidan olingan fotosuratlaridan iborat noyob tasvirini e’lon qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Suratda sovuq gaz bulutini hosil qiluvchi yosh yulduzlar nurlanishi aks etgan.
Tasvir turli observatoriyalar tomonidan olingan rentgen suratlarini bir butun holga keltirish orqali yaratilgan. Bunda binafsha rangini Chandra va ROSAT observatoriyalari, to‘q sariq rangni esa Spitzer teleskopi qayd etdi. Ko‘k rangga keladigan bo‘lsak, bu UKIRT infraqizil teleskopining optik ma’lumotlaridir.
NASA ta’kidlashicha, tasvirda olimlar tomonidan NGC deb atalgan hudud aks etgan. U Yerdan taxminan 5500 yorug‘lik yili masofasida joylashgan. Ushbu hududda yosh, yorqin va yirik yulduzlarning bir nechta guruhi joylashgani tufayli, u “klasterlar klasteri” deb ataladi. Mutaxassislar osmon yoritqichlari to‘dasini “klaster” deb ataydi.
Izoh (0)