Moskvada Rossiya tashqi ishlar vazirligi Lotin Amerikasi departamenti bo‘lim boshlig‘i Pyotr Polshikovning o‘ligi topildi. Boshidan o‘q yegan mansabdorning jasadi uning kvartirasida aniqlangan, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Hodisa joyida travmatik to‘pponchaning ikki gilzasi topildi, to‘pponchaning o‘zi oshxonada rakovina ostida yotgandi. Kvartirada marhumning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan.
Politsiya ikki taxmin — qotillik va o‘z joniga qasd etishni ko‘rib chiqmoqda. Rossiya tashqi siyosiy mahkamasi hozircha mazkur ma’lumotni tasdiqlamadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Anqarada Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)