Ekvador qirg‘oqlarida ro‘y bergan 5,8 magnitudali zilzila oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 47 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Asosiy silkinishdan so‘ng kuchi 4,2 magnitudaga yetgan kamida 25 ta silkinish qayd etildi. Zilzila mamlakat shimoli-g‘arbidagi Esmeraldas provinsiyasining sohilbo‘yi shaharlariga jiddiy shikast yetkazdi.
Tabiiy ofat, xususan, Tinch okeani yaqinidagi Atakames va Tonsupa shaharlarida kuchli vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi. Kamida 700 oila uyini tark etishga majbur bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)