Berlin politsiyasi shahardagi Rojdestvo yarmarkasiga yuk mashinasi urilishi qasddan amalga oshirilgan deb hisoblamoqda. Bu haqda politsiyaning Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Ekspertlarimiz yuk mashinasi Braytshaydplatsdagi Rojdestvo yarmarkasiga to‘plangan olomonga qasddan borib urilgan deb hisoblamoqda”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 19-dekabr, dushanba kuni kechki payt Berlin markazida yuk mashinasining olomonga urilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)