Berlinda sodir etilgan teraktda jarohat olgan 18 kishining ahvoli juda og‘ir deb baholanmoqda. Bu haqda Germaniya ichki ishlar vaziri Tomas de Mezyer bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“Endilikda kecha kechqurun ro‘y bergan dahshatli voqea terrorchilik akti ekanligidan hech qanday shubhamiz yo‘q”, — qo‘shimcha qildi u.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Germaniya poytaxtidagi terakt oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi jarohat oldi.
Izoh (0)