Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 22-dekabr, payshanba kuni rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga keladi. Bu haqda K-News xabar bermoqda.
Ruhoniy bunga qadar Armaniston va Qozog‘istonda bo‘ladi.
Eronning Qirg‘izistondagi elchixonasiga ko‘ra, Ruhoniy prezident Almazbek Atambayev bilan uchrashadi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama etadi va mintaqaviy hamda xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)