Vyetnamdagi politsiya uchastkasining kimyoviy moddalarni saqlash bo‘limida yuz bergan portlash tufayli kamida 3 nafar huquq-tartibot xodimi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Sinxua” agentligiga ko‘ra, portlash 12-dekabr, dushanba kuni Daklak provinsiyasida ro‘y berdi. Terakt versiyasi istisno etilgani bildirilmoqda.
Hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)