Foto: Marsdagi eng sovuq nuqta
AQShning NASA kosmik agentligi Marsdagi Janubiy qutb suratini taqdim etdi, u yerda harorat Selsiy bo‘yicha 130 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Suratda Janubiy qutbning uglerod dioksidi — quruq muz hosil qilgan “qutb telpagi”ning bir bo‘lagini ko‘rish mumkin. Qish vaqtida karbonat angidrid gazi sayyoraning yuzasiga qor ko‘rinishida tushadi.
Fotosurat MRO orbital stansiyasiga o‘rnatilgan yuqori pikselli HiRISE (Hi Resolution Imaging Science Experiment) kamerasi orqali tushirilgan. Ushbu qurilma 2006-yildan buyon Qizil sayyora orbitasida turadi. Uning vazifalariga Mars yuzasini suratga olish va marsoxodlar signallarini uzatish kiradi.