Yaman sohillarida cho‘kib ketgan kemadan 42 kishi qutqarildi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Odamlarni tashish uchun mo‘ljallanmagan yuk kemasi 6-dekabr, seshanba kuni kechqurun Sokotra oroli g‘arbiy sohilidan 40 kilometr masofada cho‘kib ketgan edi.
Uning bortida 60 dan ortiq odam, jumladan ayollar va bolalar bo‘lgan. Yo‘lovchilar ro‘yxatida 49 nafar yamanlik va ekipaj a’zolari bor.
Kema Xadramaut viloyatining ma’muriy markazi Al-Mukalladan orol tomonga yo‘l olgan edi.
Halok bo‘lganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q, 20 ga yaqin kishi hamon bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasida ushbu hududda bo‘lgan bir qator davlatlar, jumladan, AQSh va Rossiyaning harbiy kemalari ham ishtirok etmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)