Jangarilar Aleppo shimoli-sharqidagi qadimiy dahalardan shaharning janubiy tumanlariga yo‘l oldi. Suriya qurolli kuchlari tinch aholi hayotini xavf ostiga qo‘ymaslik va infrastrukturani saqlab qolish uchun ularga maxsus yo‘lak ajratib berishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Livanning Al Manar telekanaliga tayanib, “Kommersant” ma’lum qildi.
“RIA Novosti” agentligi ko‘ngillilar vakiliga tayanib, Suriya armiyasi ko‘ngillilar madadi bilan jangarilarni shaharning tarixiy markazidan surib chiqarganini bildirmoqda.
“Qurolli jangari tuzilmalar Alepponing qadimiy dahalaridan to‘liq chiqarib yuborildi. Dushman yakson qilindi va terrorchilar marralari saqlanib qolgan janubiy dahalarga qochmoqda”, — deya ta’kidlagan vakil.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)