Yamanning 60 nafar fuqarosi mamlakat sohillaridagi Arab dengizida cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Associated Press agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hukumat bayonotida ma’lum qilinishicha, besh kun avval Xadramaut viloyatidan yo‘lga chiqqan kema Sokotra orolidan 40 kilometr masofada g‘oyib bo‘lgan.
Viloyat gubernatori Ahmad bin-Breakning so‘zlariga qaraganda, ikki kishi qutqarilgan, kemaning qolgan yo‘lovchilarini qidirish davom etmoqda.
Hukumat Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyadan yordam so‘rab murojaat qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.