AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp saylovlardagi sobiq raqibi Hillari Klinton to‘g‘risida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar tarqatgani uchun o‘tish ma’muriyati xodimlaridan birini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda The New York Times manbalariga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda.
Trampning o‘tish ma’muriyati xodimi, saylangan prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘g‘li kichik Maykl Flinn Twitter’da Klintonning go‘yoki bolalar savdosi va ularni tahqirlash bilan shug‘ullanadigan pitsseriya bilan aloqasi haqida yozgandi.
Vintovka bilan qurollangan erkak bu yerdagi “jinoyatchilikni tekshirish uchun” otishma uyushtirganidan bir necha soat o‘tib, Flinn “‘Pitssa-geyt’ inkor etilmaguncha bu tarix bo‘lib qolishi” haqidagi navbatdagi xabarni Twitter’da joylashtirdi. Uning bo‘shatilgani sabablari rasman e’lon qilinmadi.
Ma’lumot uchun, Tramp ishdan bo‘shatgan xodimning otasi, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Maykl Flinn AQSh mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi sobiq boshlig‘i, iste’fodagi general-leytenantdir.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)