Barak Obama saylangan prezident Donald Trampni terrorga qarshi harakatlarni AQSh va islom o‘rtasidagi kurash sifatida tushunmaslikka chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bunday munosabat nafaqat teraktlar soni ortishi va ularda amerikaliklarning halok bo‘lishi, balki biz himoya etadigan tamoyillarni boy berishga ham olib keladi. Biz terrorchilik tahdidini uzoq muddatli istiqboldan kelib chiqib ko‘rishimiz va aqlli strategiyadan foydalanishimiz zarur. Qadriyatlarimiz va qonun ustuvorligini qo‘llab-quvvatlash zaiflik emas, aksincha, eng qudratli kuchimizdir”, — deya ta’kidladi Obama AQSh harbiy-havo kuchlarining Makdil bazasidagi chiqishi chog‘ida.
Ma’lumot uchun, Donald Tramp oldinroq AQSh “radikal islom terrorchiligi”ni yo‘q qilishda yordam berishga intiluvchi istalgan davlat bilan sheriklik qilishga tayyorligini bildirgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)