Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qozog‘istonliklar ichki yonish dvigateliga ega mashinalardan voz kechishini orzu qilishini aytdi, shunda mamlakatdagi ekologiya bir necha marta yaxshilanar edi. Bu haqda u Sanoatlashtirish kuni doirasidagi umummilliy teleko‘prik chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.
Nazarboyev so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonning Kostanay shahrida elektromobillar ishlab chiqarilmoqda va tez orada ularning narxi hamyonbop bo‘ladi.
“Men butun Qozog‘iston elektromobillarda yurishini orzu qilaman”, — dedi u. “Agar Olmaota, Ust-Kamenogorsk kabi ifloslangan shaharlar to‘liq elektromobillarga o‘tsa, biz ekologiyani bir necha marta tozalagan bo‘lamiz”, — deya ta’kidladi Qozog‘iston rahbari. “Biz bunga yaqinlashmoqdamiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.
Nashr eslatishicha, sentabrda Nazarboyev Kostanay viloyatida yig‘ilgan, Qozog‘istonning JAC markasidagi elektromobilni shaxsan sinab ko‘rgan edi.
Izoh (0)