Indoneziyada 7-dekabr, chorshanba kuni qayd etilgan 6,4 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 54 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Avvalroq tabiiy ofat qurbonlari 20 kishini tashkil qilgani haqida xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 5:03 da sodir bo‘ldi. Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologik stansiyasi ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi epitsentri Banda-Achex shahridan 92 kilometr sharqda, uning o‘chog‘i esa 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)