Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Damashq tashqarisidagi Xon-ash-Shayx shaharchasida uch mingga yaqin jangari o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘ldi, oilalari bilan birgalikda ular avtobusga o‘tirib, Idlib provinsiyasiga jo‘nab ketdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Uzoq davom etgan og‘ir muzokaralardan keyin jngarilarning jangovar harakatlarni to‘xtatish rejimiga qo‘shilishi haqidagi bitimga erishildi”, — dedi Suriya hududida dushman tomonlarni yarashtirish markazi vakili.

Radikallar hukumatga 500 dan ortiq o‘qotar qurollar, snayper miltiqlari va o‘nlab 120 millimetrli minomyotlarni topshirdi. Shaharda jangarilar foydalangan qurol ishlab chiqaruvchi sexlar va omborlar saqlanib qoldi.

Xon-ash-Shayxda binolarning ko‘pchiligi vayron bo‘lgan, shaharchada ko‘p miqdorda portlashga ulgurmagan o‘q-dorilar ham qoldi, ularning bir qismini sapyorlar o‘sha joyning o‘zidayoq portlatishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Mahalliy
Buxoroda ispaniyalik erkak savdolashayotgan vaqtda to‘satdan vafot etdi
Dunyo
AQSH prezidentligiga nomzod Putin bilan 72 soat ichida kelishuvga erishish rejalarini aytdi