AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden kelgusi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini istisno qilmadi. Bu haqda Politico nashriga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
“2020-yildagi saylovlarda ishtirok etaman. Prezidentlikka da’vogar sifatida, albatta. Nega endi bunday bo‘lmasligi kerak? Saylovlarda ishtirok etmayman, deb va’da bermayman. Men umuman hech qanday va’da bermayman. Taqdir har bir narsani joy-joyiga qo‘yishiga allaqachon ishonch hosil qilganman”, — deya ta’kidladi Bayden hazilomuz ohangda.
Ma’lumot uchun, AQSh vitse-prezidenti ayni paytda 74 yoshda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)