O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasiga Prezident saylovi bo‘yicha soat 6:00 da boshlangan ovoz berish jarayoni haqidagi ma’lumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda.
Saylovni yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi axborotiga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 10:00 gacha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchilarning 25,49 foizidan ortig‘i ovoz berib bo‘ldi.
Avvalroq, soat 8:00 holatiga ko‘ra saylovchilarning 7,4 foizi, 9:00 holatiga ko‘ra 17,72 foizi ovoz berib bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Taqqoslash uchun, 2015-yili o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida saylov kuni soat 10:00 holatiga o‘shanda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 798 ming 52 saylovchining 36,55 foizdan ortig‘i ovoz berib bo‘lgan edi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)