O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 4-dekabr kuni ovoz berish uchun Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 584-saylov uchastkasiga keldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Bugun, 4-dekabr kuni O‘zbekistonda mamlakat prezidentligiga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Sarvar Otamuratov, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, Xalq demokratik partiyasidan Xatamjon Ketmonov va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarov o‘z nomzodini qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, 24-noyabrda boshlanib, 2-dekabrga qadar o‘tkazilgan muddatidan oldin ovoz berishda 117 902 kishi qatnashdi. Davlat rahbari saylovida jami 20 milliondan ortiq kishi ishtirok etadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)