Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev ovoz berish uchun 4-dekabr kuni Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi 132-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: Alisher Azimov / “Daryo”

Foto: Alisher Azimov / “Daryo”

Shavkat Mirziyoyev saylov uchastkasiga oila a’zolari bilan birga tashrif buyurdi.

Foto: Alisher Azimov / “Daryo”

Foto: Alisher Azimov / “Daryo”

Ushbu saylov uchastkasida jami 2352 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. Ayni paytda bu yerda saylovchilar faol tarzda ovoz bermoqda.

Foto: Alisher Azimov / “Daryo”

Foto: Alisher Azimov / “Daryo”

Bugun, 4-dekabr kuni O‘zbekistonda mamlakat prezidentligiga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Sarvar Otamuratov, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, Xalq demokratik partiyasidan Xatamjon Ketmonov va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarov o‘z nomzodini qo‘ygan.

Foto: “Daryo” / Alisher Azimov

Foto: “Daryo” / Alisher Azimov

Eslatib o‘tamiz, 24-noyabrda boshlanib, 2-dekabrga qadar o‘tkazilgan muddatidan oldin ovoz berishda 117 902 kishi qatnashdi. Davlat rahbari saylovida jami 20 milliondan ortiq kishi ishtirok etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda kelasi hafta 42 darajagacha issiq bo‘ladi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lning qatnov qismida prank uyushtirgan yigitlar 3 sutkaga qamaldi
Dunyo
Dunyo bo‘ylab millionerlar soni sezilarli darajada kamaydi