O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 555 mingdan ziyod yoshlar birinchi marta ovoz bermoqda, deb yozadi O‘zA.
Ta’kidlanishicha, saylov kunigacha 18 yoshga to‘lgan 555 mingdan ziyod yoshlar Konstitutsiyada belgilangan saylash huquqidan foydalanib, ilk marotaba ovoz bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 2016-yil 4-dekabr Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14 saylov okrugidagi 9 ming 383 saylov uchastkasi ochildi.
O‘zbekistonning 20 milliondan ortiq yaqin fuqarosi saylovchi sifatida ro‘yxatga olingan.
Izoh (0)