O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
“3—4-dekabr kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor”, — deyiladi markaz axborotida.
Ma’lumot uchun, so‘nggi bir necha kundan beri O‘zbekiston bo‘ylab havo haroratining ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Xususan, 1-dekabr kuni Qarshi shahrida havo harorati +24 darajagacha ko‘tarildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)