“Orient Finans” banki strategiyasini asosiy elementi har bir mijozga alohida e’tibor qilish, bank biznesiga innovatsion yechimlarni joriy etish, bankning moliyaviy bozordagi ulushini ko‘paytirishdir.
Individual yondashishga berilayotgan urg‘u bank bilan ish yuritgan har bir inson bilan shaxsiy muloqotda bo‘lishni talab qiladi. Bankka murojaat qilish jarayonini soddalashtirish uchun bank saytida (www.ofb.uz) bir qator interaktiv xizmatlar ishlab chiqilgan. Jumladan, saytning bosh sahifasida “Boshqaruv raisining virtual qabulxonasi” ochildi.
Endi muhim masalalar yechimini topish, shaxsiy qabulga yozilish, ariza, taklif yoki e’tiroz bilan murojaat qilish uchun fuqaro yoki ishbilarmon uydan yoki ofisdan chiqishi shart emas. Yuborilgan onlayn murojaat shaxsan raisning nazoratiga tushib, tez vaqtda ko‘rib chiqiladi.
Murojaat ko‘rib chiqilishi jarayonini saytda tekshirib turish imkoniyati mavjud. Agar savollar paydo bo‘lsa, virtual qabulxonada keltirilgan maxsus telefon raqamlarga qo‘ng‘iroq qilib, murojaat haqida axborot olish mumkin.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)