• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Shu kungacha yashay olishimni bilardim”. Kubalik dasturchining Fidel Kastro vafoti haqidagi monologi

    25-noyabr kuni Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro vafot etdi. U qariyb yarim asr davomida — 1959-yildan 2008-yilga qadar orolga yetakchilik qilgan va, so‘nggi yillarda omma oldida deyarli ko‘rinmay qolgan bo‘lsa-da, abadiy yashaydigandek edi, go‘yo. Fidelning ukasi — Raul Kastro hukmronligi davrida Kuba asta-sekinlik bilan islohotlarni boshladi: iqtisodiyotni ochdi, mahalliy aholiga ko‘p bo‘lmasa-da pul ishlash imkonini berdi, AQSh bilan munosabatlarni qayta tikladi. Meduza nashri Kubaning Matansas shahrida istiqomat qiluvchi dasturchidan Fidelning o‘limi munosabati bilan kubaliklar nimalarni his qilayotgani haqida so‘zlab berishni so‘radi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Raul Sanches Peres 50 yoshda. U Kuba sharqida, Olgini shahrida tug‘ilgan, oliy ta’limni hozirgi Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetida olgan. Sovet oliygohini bitirgach, Kubaning Matansas shahrida joylashgan Kamilo Syenfuegos nomidagi universitetda dars bergan. Hozirda sayyohlik kompaniyasida dasturchi bo‘lib ishlaydi. Raul Sanches Peresning turmush o‘rtog‘i va ikki qizi bor (biri AQShda yashaydi). U “erkin mamlakatda yashashga ulguraman”, deb umid qiladi.

    Hozir, albatta, ko‘pchilik o‘zini yo‘qotib qo‘ygan: qariyb yarim asrdan beri mamlakatimizda asosiy inson hisoblangan Fidel Kastro vafot etdi. Vaholanki, bu kutilgan hol edi, Fidelning o‘limiga hamma tayyorgarlik ko‘rgan, oxir-oqibat, 90 yoshda ertangi kunga nisbatan umidlar ham unchalik ko‘p bo‘lmaydi. Ta’kidlash joiz, Fidelning o‘zi ham mamlakatni uning ketishiga tayyorlash yo‘lida ko‘p ish qildi, buning uchun unga rahmat.

    Ochig‘ini aytaman, kubaliklar Fidelni juda sevishardi. Hozir uning o‘limi sabab qo‘rquvga tushayotganlar ham, hozir uning o‘limi tufayli umidvor bo‘layotganlar ham — hamma. Biroq ayni vaziyatda barcha uchun umumiy bir holat bor — bu noaniqlik. Qandaydir ulkan ko‘hna davr tugadi va lahza o‘tmay yangisi boshlanib ketadigandek. Lekin men tezkor va keskin o‘zgarishlar yuz berishiga umid qilmagan bo‘lardim. To‘g‘risi, biz (Kubaning hozirgi yetakchisi, Fidelning ukasi) Raul Kastro katta o‘zgarishlar qilishini kutgandik. Biroq o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q. Endi bo‘lsa, Fidel o‘lganidan so‘ng, Raul Kastro kelasi yili o‘z lavozimini tark etishini aytyapti. Mamlakatning yangi rahbarini aniqlash bo‘yicha saylov o‘tkazishga va’da beryapti. Bu saylov bizning odatdagi saylovlarimizdan ko‘ra erkinroq bo‘lishini aytyapti. O‘zgarishlarni aynan shundan so‘ng kutish kerak.

    Umidimiz nima? Tadbirkorlik, savdo erkinligi berilishiga, shaxsan odamlar uchun katta erkinlik berilishiga, xususiy biznes rivojlanishiga umid qilyapmiz. Eng ko‘p oddiy odamning hayot darajasi o‘sishidan umidvormiz. Hozircha esa biz juda va juda bechorahol umr kechiryapmiz.

    Ha, bizda ta’lim bepul, biroq o‘qituvchilar yetishmaydi, chunki ularga to‘lagani maosh yo‘q. Ha, bizda tibbiy xizmatlar bepul va, ta’kidlash joiz, sifati ham yomon emas — biroq shifokorlar yetishmaydi, chunki ularga maosh to‘lash uchun davlatda hech narsa yo‘q. Bundan tashqari, bizda bemorlar uchun zarur dorilarni faqat davlat yetkazib berishga haqli. Hozir vaziyat shundayki, davlatda mana shu dorilarni ishlab chiqarish uchun resurs yo‘q. Dorilarni sotib olish esa mumkin emas! Ular dorixonalarda sotilmaydi. Kimningdir puli bo‘lsa-da, doriga kelganda pul ham yordam bermaydi. Odatda bizda hech kimda pul bo‘lmaydi.

    Menga omad kulib boqqan, albatta. Maoshim — oyiga 150 AQSh dollari. Ayolimniki biroz ko‘proq. Farzandlarimiz katta bo‘lib qolgan. Bir qizim hatto AQShda yashaydi! U yerda qarindoshlarimiz bor, bizga juda yordam berishyapti. AQShda qarindoshlarimiz borligi uchun Kubada hech kim va hech qachon bizga tazyiq o‘tkazmagan, qizimning AQShga ketishida ham hech bir muammo bo‘lmagan.

    Ochig‘ini aytsam, so‘nggi 20—25 yildan beri do‘stlarim, tanishlarim, qarindoshlarim — yaqinlarimdan birortasi siyosiy qarashlari uchun ta’qib qilingani, qamoqqa tashlangani yoki ishidan ayrilganiga doir birorta voqeani eslay olmayman. Qatag‘onlar bilan bog‘liq hech qanday shaxsiy tajribam ham yo‘q. Qandaydir ta’qiblar va hatto sudlar bo‘lgani haqida internetda o‘qib qolaman, biroq, yana takrorlayman, shaxsan o‘zim to‘qnash kelmaganman. Umuman olganda, mening tushunishim bo‘yicha, so‘nggi yillarda davlatning nuqtai nazari shunday bo‘lib qolgan: nimadir yoqmayaptimi, marhamat, ketishingiz mumkin. Haqiqatan ham, ko‘pchilik xorijga jo‘nab ketyapti. Asosan, AQShga.

    Eshitishimcha, Rossiyada Fidel Kastro haqida gapirganda, uni ko‘pincha Stalin bilan qiyoslashar ekan. Bu noto‘g‘ri. Men uni ko‘proq Leninga qiyoslagan bo‘lardim. Romantik, inqilobiy ma’noda. O‘ylashimcha, boshqa kubaliklar ham Fidelga xuddi shunday munosabatda. O‘tgan yillar davomida biz yashagan tuzumni, balki, yengil sotsialistik diktatura, deb atasa bo‘lar.

    Mana, bu tuzum ham poyoniga yetdi. Rasmiy xabarlarda 4-dekabrgacha mamlakatda motam bo‘lishi aytilyapti, bayroqlar tushirib qo‘yilgan. Ko‘plab odamlar Fidel Kastro bilan vidolashishga boradi. Men, ehtimol, bormayman.

    Fidelni Santyago-de-Kubaga, u harbiy-inqilobiy qahramonliklar ko‘rsatgan shaharda dafn etishadi. Bizning milliy qahramonimiz Xose Marti ham shu shaharga dafn etilgan.

    Fidel Kastroni dafn etishlari bilan, qandaydir boshqacha, yangi — Fidelsiz hayot boshlanadi. Men aynan shu kungacha yashay olishimni bilardim. Yoshim 50 da, hali yoshman, shunday ekan, o‘zgarishlarni-da ko‘rishga ulguraman, deb umid qilaman.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    01.12.2016, 20:45   Izoh (0)   9607
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Almazbek Atambayev: Rossiya harbiy bazasi shartnoma muddati tugaganidan so‘ng Qirg‘iziston hududini tark etishi zarur

    01.12.2016, 18:00

    Erdo‘g‘on Putin bilan suhbatda Turkiyaning Suriyada o‘tkazayotgan harbiy operatsiyasi maqsadi haqidagi bayonotiga izoh berdi

    01.12.2016, 17:39

    Ukraina otishmalar hududini Rossiya chegarasidan nariga surdi

    01.12.2016, 17:13

    AQShlik senator FQBga butun dunyo bo‘ylab kompyuterlarga buzib kirish imkonini beruvchi tuzatish qabul qilinishiga to‘sqinlik qila olmadi

    01.12.2016, 15:13

    Konyuxov havo sharida balandlik rekordini o‘rnatmoqchi

    01.12.2016, 14:07

    Brent nefti narxi barreliga 52,41 dollargacha oshdi

    01.12.2016, 12:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.