Gavana markazida inqilob yetakchisi Fidel Kastroning xotirasini yodga olish uchun millionga yaqin kishi mitingga chiqdi. Bu haqda Kuba xavfsizlik xizmati xodimlariga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Xose Marti memoriali yaqinidagi mitingga Kuba yetakchilari bilan bir qatorda chet el delegatsiyalarining vakillari ham keldi. Ular memorial devoriga gulchambar qo‘yib, xotira kitobida qaydlar qoldirdi.
AQSh prezidenti Barak Obama va Kanada bosh vaziri Jastin Trudo Kuba poytaxtiga vakillarini yuborishdan bosh tortdi.
4-dekabr kuni Santyago-de-Kuba shahrida inqilob yetakchisining dafn marosimi bo‘lib o‘tishi kerak.
Fidel Kastro 25-noyabr kuni vafot etdi. U 90 yoshda edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)