“Normand to‘rtligi” (Rossiya, Germaniya, Ukraina, Fransiya) mamlakatlarining tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi yakunlandi, deb yozadi “TASS”.
29-noyabr, seshanba kuni Minskda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda vazirlardan tashqari, YeXHTning Ukrainadagi Maxsus monitoring missiyasi rahbari Ertugrul Apakan, uning o‘rinbosari Aleksandr Xug va YeXHTning Aloqa guruhidagi raisi maxsus vakili Martin Saydik qatnashdi.
“Normand to‘rtligi”ning tashqi ishlar vazirlari uchrashuvini noyabr oxirigacha o‘tkazish haqida Rossiya, Fransiya, Ukraina prezidentlari va Germaniya kansleri 19-oktabr kuni Berlinda kelishib olgan edi.
TIV rahbarlari Ukraina janubi-sharqidagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha yo‘l xaritasini tasdiqlashi taxmin qilingan edi, biroq muzokaralardan avval Rossiya, Germaniya va Fransiya tashqi ishlar vazirlari ushbu masalada muvaffaqiyatga erishilishiga shubha bilan qaragan edi.
Izoh (0)