Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi hujumchi Zlatan Ibrahimovich bilan kelishuv muddatini yana 1 yilga uzaytirdi. Bu haqda mankunianlar bosh murabbiyi Joze Mourinyo matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Shvetsiyalik 35 yoshli futbolchi 2016-yilning yozida “MYu” safiga kelib qo‘shilgandi. Tomonlar “1+1” sxemasida shartnoma imzolagan edi. Ushbu sxemaga ko‘ra, tomonlar o‘zaro kelishgan holda shartnomani yana 1 yilga uzaytirishi mumkin.
“Zlatanning holati oddiy – uning ‘1+1’ ko‘rinishdagi shartnomasi mavjud va biz bundan foydalanamiz. Ibrahimovich ‘MYu’da o‘zini baxtiyor his qilmoqda. Balki bu uning faoliyatidagi so‘nggi jiddiy chaqiruvdir”, – dedi Mourinyo.
Ma’lumot uchun, Zlatan Ibrahimovich joriy mavsuma “MYu”ning 17 o‘yinida maydonga tushib, 8 ta gol va 1 ta golli uzatmagan mualliflik qildi.
Izoh (0)