Rossiyalik milliarder, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) amaldagi prezidenti Alisher Usmonov ushbu lavozim uchun o‘tadigan saylovda yagona nomzod bo‘lib turibdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Biznesmen, sport va madaniyat homiysi Alisher Usmonov federatsiyaga 2008-yildan beri boshchilik qilib kelmoqda.
FIE rahbari saylovi 27-noyabr kuni Moskvada tashkilot kongressi doirasida o‘tkaziladi.
Izoh (0)