Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘p qavatli turar-joy (kvartira) va yakka tartibdagi turar-joy bilan bog‘liq ma’lumotnoma olishga elektron ariza taqdim etish xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda portal matbuot xizmati xabar berdi.
Xizmat Vazirlar Mahkamasining 2014-yil, 7-yanvardagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat tomonidan ro‘yxatga olish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepul amalga oshiriladi.
Xizmat ko‘rsatilishi natijasida 3 ish kunida tegishli ma’lumotnoma arizachiga taqdim etiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)