Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasida o‘z muxlislariga murojaat qilib, hamma narsa o‘tkinchi ekani haqida o‘z fikr-mulohazalarini yozib qoldirdi.
“His-tuyg‘ular ham, mehr-muhabbat ham, xotiralar ham o‘tkinchi ekan... Qachonlardir usiz nafas ham ololmayman, yashay ham olmayman, deb o‘ylardim. Biroq hozir hammasi o‘zgacha, go‘yoki u hayotimda hech qachon bo‘lmagandek!”, — deb yozadi Munisa Rizayeva.
Munisa Rizayeva gap aynan kim haqida borayotganiga aniqlik kiritmagan.
“Har narsa vaqti-soati bilan o‘tib ketadi. Vaqt hamma narsani joy-joyiga qo‘yadi. Vaqt davolaydi! Sabr, qadrdonlarim; e’tiqod, ibodat va muhabbat — eng asosiysi shu”, — deya qo‘shimcha qilgan xonanda.
Ma’lumot uchun, 21-oktabr kuni Munisa Rizayeva 30 yoshga to‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)