O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev shu kunlarda “Istiqlol” san’at saroyida “Qirmizi olma” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etayotganidan xabaringiz bor. Mazkur konsertga chipta naxlari o‘ta yuqori narxlarda, xususan, “qo‘lda” 700 ming so‘mgacha sotilayotgani haqida ovozalar tarqalgandi. Bu haqda “Darakchi.uz” ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan xonanda muxlislaridan kechirim so‘radi.
“Muxlislarimni o‘ylab, har yili chipta narxini imkon boricha arzon qilamiz. Lekin chiptalar narxi ko‘chada 2—3 baravar ko‘tarilib ketibdi. To‘g‘risi, bunday narxni eshitib, o‘zim ham hayron qoldim. Axir hammani sharoiti har xil. Lekin bu mening qo‘limda emas. Kelasi yili yana ko‘proq konsert kunlarini qo‘shamiz. Balki shunda chiptalar narxi unchalik qimmat bo‘lib ketmas. Ming bor uzr”, — deb yozdi xonanda Instagram’dagi sahifasida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)