Donald Trampning AQShdagi prezidentlik saylovlarida g‘alabasidan so‘ng dunyoning eng badavlat 500 kishisi 40 milliard dollardan oshiq mablag‘ yo‘qotdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Eng katta yo‘qotish meksikalik magnat Karlos Slimda qayd etildi: uning aktivlari qiymati 9,2 foizga pasaydi, bu esa 5,1 milliard dollar yo‘qotilganini anglatadi. Shuningdek, Meksikaning boshqa badavlat kishilari mol-mulki umumiy hisobda 6,5 milliard dollarga kamaydi.
Dunyoning eng boy shaxslari ro‘yxatidagi o‘rinlarning uchdan ikki qismini egallaydigan AQSh milliarderlari jami 9,3 milliard dollar yo‘qotgani bildirilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)