Alyaskadagi saylov uchastkalari yopilishi bilan, AQShdagi prezident saylovida umummilliy ovoz berish yakuniga yetdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Donald Tramp saylovchilarning 48,3 foiz, Hillari Klinton esa 47,1 foiz ovozini qo‘lga kiritgan. Mamlakat bo‘yicha Trampga Klintondan ko‘ra 1,3 million kishi ko‘proq ovoz bergan.
Hozircha to‘qqiz shtat bo‘yicha saylovning dastlabki natijalari e’lon qilinganicha yo‘q. Taxminlarga ko‘ra, ularning oltitasida Tramp yetakchilik qilmoqda.
Hillari Klintonning joriy saylovdagi g‘alaba uchun imkoniyatlari atigi 5 foizga baholanmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)