8-noyabr kuni AQShda boshlangan prezident saylovi yakunlari kutilayotgani bois bozorda boshlangan beqarorlik tufayli neft narxi tushmoqda, deb xabar qilmoqda “Interfaks”.
Bu hafta AQSh prezidentliliga saylov neft bozori uchun OPEK signallaridan ko‘ra muhimroq voqeadir, deb yozadi The Wall Street Journal. Donald Trampning g‘alabasi neft narxining tushishiga olib kelishi, Hillari Klintonning g‘alabasi esa neft bozorini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.
Jumladan, Londonning ICE Futures birjasida Brent rusumli neft narxi 0,46 dollarga yoki 1 foizga tushib, barreliga 45,69 dollarni tashkil etmoqda. WTI neftining dekabr fyucherslari narxi esa Nyu-York tovar birjasi (NYMEX) savdolarida 0,39 dollarga yoki 0,87 foizga tushib, barreliga 44,5 dollarni tashkil etmoqda.
Izoh (0)