O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi Abdulla Oripov vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor etdi. Hamdardlik mazmunidagi xabar elchixonaning Facebook‘dagi sahifasiga joylandi.
“AQSh elchixonasi taniqli shoir, O‘zbekiston qahramoni, o‘zbek adabiyoti rivojiga katta hissa qo‘shgan adib Abdulla Oripov vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi. Oxiratingiz obod bo‘lsin!” — deyiladi matnda.
Abdulla Oripov 5-noyabr tonggi soatlarda Xyustondagi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. U 3-noyabr kuni kechqurun koma holatiga tushib qolgan edi.
Izoh (0)