O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bilan Ashxobodda muzokaralar olib bordi, deb yozadi UzDaily. Ro‘ziqulov Turkmanistonga O‘zbekiston vakillik delegatsiyasi rahbari sifatida tashrif buyurdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Turkmaniston bilan to‘liq ko‘lamli aloqalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berayotganligi ta’kidlandi.
Tomonlar asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha Turkmaniston-O‘zbekiston hamkorligining holati va istiqbollarini muhokama qildi. Ular mamlakatlar savdo-iqtisodiy, agrosanoat va boshqa sohalarda samarali aloqalarni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlarga ega ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, transport-kommunikatsiya sektori ham hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etildi.
Turkmaniston prezidenti O‘zbekiston vakillarini Ashxobodda 26—27-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Barqaror transport tizimi bo‘yicha birinchi global konferensiyada qatnashishga taklif qildi.
Izoh (0)